Betakror Dilso’z uzoq kutilgan videoklipni keng omma e’tiboriga va hukmiga havola etmoqda.
Yodingizda bo’lsa «Suyganim» taronasi haqida avvalgi xabarda yozib o’tgandim, uning uchun video ham tasvirga olinganida ham.
Mana o’sha kutilgan lahza ham yetib keldi, rejissyor Sherzod Umarov mohirona tasvirga olgan «Suyganim» videoklipini tomosha qilamiz.
Xush ovoz Dilso’z doim bizni ijod namunalari ila yana va yana shod aylashini tilakdoshiman.